Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudning Telegram messenjerini bloklash haqidagi qaroridan xabardor. Bu haqda RF yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Jurnalistlar Peskovdan Putinga Telegram bloklanishi bilan bog‘liq vaziyat haqida hisobot berishgani haqida savol bilan murojaat qilishdi.
“To‘g‘ri savol, biroq, albatta, prezident sud tomonidan bloklash haqida qabul qilingan qarordan xabardor”, - deya javob qaytargan u.
13 aprel kuni Moskva shahrining Taganka sudi Roskomnadzorning Telegram’ni bloklash bo‘yicha arizasini qanoatlantirdi. Bu messenjer ishlab chiquvchilarining FXXga shifrlash kalitlarini topshirishdan bosh tortgani bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq messenjer sarmoyadori, Qiwi asosiy aksiyadori Sergey Solonin Telegram IP-manzillarni smartfonlardagi ichki funksiyalar orqali o‘zgartirish imkonini berishi, hamda shuning uchun u Roskomnadzorning bloklashga bo‘lgan urinishlariga qaramay, hamon ishlayotgani haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi