
Uganda parlamenti ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan fuqarolarni soliqqa tortish bo‘yicha yangi qonunni qabul qildi. Bu haqda “Xabar” nashri ma’lum qilmoqda.
Yangi qonunga ko‘ra, “Facebook”, “WhatsApp”, “Viber” va “Twitter” ijtimoiy tarmoq platformalaridan foydalangan kishi 200 shilling (5 sent) soliq to‘laydi.
Qonun tashabbusi prezident Yoveri Musevenidan chiqqan edi.
Qonun 1 iyuldan kuchga kiradi. Lekin uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq mexanizm ishlab chiqilmagan.
Mamlakatda ayni paytda 17 million kishi internetdan foydalanadi. Shaxsiy qo‘l telefonlar esa 23,6 million kishida bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar