Qashqadaryodagi to‘yda birgina yahniga 300 kilogrammgacha go‘sht sarflangani aytilmoqda

Qashqadaryodagi to‘yda birgina yahniga 300 kilogrammgacha go‘sht sarflangani aytilmoqda

Qashqadaryodagi to‘ylardan birida mehmonlarga tortilgan birgina yahni uchun 300 kilogrammgacha go‘sht sarflangani aytilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, katta hajmda tayyorlangan taom to‘y dasturxoniga tortilgan. E’tiborlisi, bu hisob faqat yahniga ishlatilgan go‘sht miqdoriga taalluqli. Dasturxondagi boshqa taomlar, jumladan palov, sho‘rva va boshqa go‘shtli taomlar uchun sarflangan mahsulotlar bunga kirmaydi.

Shu bois to‘y davomida jami qancha go‘sht ishlatilganini tasavvur qilish mumkin. Qashqadaryoda to‘y dasturxonlarining to‘kinligi va mehmonlarga mo‘l-ko‘l taom tortish an’anasi bu kabi misollarda yaqqol ko‘rinadi.

Qayd etish joiz, Qashqadaryoda go‘shtli taomlar, xususan tandir go‘shti, to‘y va boshqa marosimlarda an’anaviy taomlardan biri hisoblanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar