00:12 / 21.07.2018
4 011

O‘zbekistonda elektromobillar uchun ilk quvvatlantirish stansiyalarini Siemens qurishi mumkin

O‘zbekistonda elektromobillar uchun ilk quvvatlantirish stansiyalarini Siemens qurishi mumkin
Siemens Tashkent City’da elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari qurishni taklif qildi. Bu haqda Kun.uz kompaniya xabariga asosan yozmoqda.

Kompaniya 17 iyul kuni “Toshkent Siti” XIM direksiyasi va loyiha investorlari uchun o‘z yechimlari taqdimotini o‘tkazgan.

Bu, xususan, aqlli elektr ta’minoti tizimi, binolar xavfsizligi va integratsiyalashgan avtomatlashtirish tizimlari, shuningdek, aqlli avtoturargohlar hamda boshqaruv, yo‘l va piyodalar harakati bo‘yicha yechimlardir. Elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari bo‘yicha ham yechimlar taqdim etilgan.

Xabar qilinishicha, Siemens binolar va shahar infratuzilmasi muhandislik tizimlarining barcha bosqichlari uchun kompleks yechimlarni taqdim etishga tayyor ekanligi aytilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda elektromobillar uchun ilk quvvatlantirish stansiyalarini Siemens qurishi mumkin