
Bank of America ekspertlarining maʼlum qilishicha, agarda Apple ishlab chiqarishni AQSHga koʻchiradigan boʻlsa, iPhone narxi sezilarli darajada oshadi. Masalan, ishlab chiqarish toʻliq koʻchirilsa, ayfon narxi 20%ga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Bu boradagi gap-soʻzlar AQSH prezidenti Trampning iPhoneʻlarni Xitoyda emas, AQSHda yigʻish haqidagi taklifidan soʻng yana yangilandi. Bank of America tahlilchilarining taxminlariga koʻra, nazariy jihatdan Apple smartfonlar yigʻishni AQSHga koʻchirishi mumkin, ammo bundan isteʼmolchilar zarar koʻradi. Ekspertlarning baholashlaricha, ishlab chiqarish 10%ga koʻchiriladigan boʻlsa, mahsulot narxi 8%ga oshadi. Agarda zavodlar 50 yoki 100%ga koʻchiriladigan boʻlsa, u holda gadjetlar narxi mos ravishda 14 va 20%ga koʻtariladi.
Bu birinchi navbatda kompleks ishlab chiqarishdagi yuqori xarajatlar bilan bogʻliq. Masalan, amerikalik ishchilarning maoshi xitoylik hamkasblarinikiga nisbatan 2,6 baravarga koʻp. Apple vakili gadjetlar narxi oshishi mumkinligi haqidagi taxminlarga izoh bildirmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar