
Avstraliyaning “Curtin” universiteti olimlari quyosh energiyasini vodorod kabi toza yoqilgʻiga aylantiradigan katalizator vazifasini oʻtovchi nanokristallarni aniqladi, deya maʼlum qiladi “Xabar” nashri.
Bu kristallar tarkibida zaharli moddalar yoʻq. Tadqiqot guruhi rahbari Goxua Szyaning maʼlum qilishicha, quyosh nuridan energiya olish va bu energiyani vodorodga oʻxshash toza yoqilgʻiga aylantirishda ishlatiladigan katalizatorlarda platina, iridiy va ruteniy kabi ogʻir metallar bilan kadmiy kabi yarimoʻtkazgichlarga ehtiyoj sezilgan. Aytilishicha, kadmiy oʻta zaharli, platina, iridiy va ruteniy esa juda qimmat. Nano kristalli yangi usul arzon va zararsiz boʻlib, uni turli sohalarda qoʻllash mumkin. Ammo gap aynan qaysi kristallar haqida ketayotgani maʼlum qilinmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar