O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tomonidan Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum doirasidagi yig‘ilishlar sho‘’balarga bo‘lingan holda davom etmoqda.
Mazkur forumning 2-sho‘’ba yig‘ilishi “Raqamli transformatsiya – O‘zbekiston va Rossiya uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Unda har ikki mamlakatning axborot va kommunikatsiya sohalari vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat boshqaruv tizimini raqamlashtirish singari masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.
— Bugungi kunda axborot kommunikatsiyalari tobora rivojlanib bormoqda, – deydi “Roskosmos” Davlat korporatsiyasining Qozog‘istondagi vakili Anatoliy Krasnikov. – Ma’lumki, Rossiya kosmik texnologiyalarni yaratish, ishlab chiqarishda katta tajribaga ega. Bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlik rivojlanayotgani quvonarli hol. Jumladan, O‘zbekiston uchun Rossiya va Qozog‘iston hamkorligida faoliyat ko‘rsatayotgan kosmikstansiyalar xizmatidan foydalanish imkoni mavjud. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston uchun axborot xavfsizligini ta’minlash, internet tezligini oshirish, teleeshittirishlar sifatini yanada yaxshilashda katta ahamiyatga ega. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi