15:44 / 08.11.2018
3 572

"Xiaomi" eng arzon "Mi Notebook"ni namoyish etdi

"Xiaomi" eng arzon "Mi Notebook"ni namoyish etdi
"Xiaomi" kompaniyasi "Mi Notebook"ning eng arzon versiyasini taqdim etdi. Ekranining diagonali 15,6 dyuym bo‘lgan model sakkizinchi avlod "Intel Core i3" protsessorida ishlaydi.

Bungacha "Xiaomi" "Mi Notebook" noutbuklari "Intel Core i5" va "Core i7" bazasidagi, operativ xotirasi 4 yoki 8 gigabayt bo‘lgan versiyalarda taklif qilinardi. Yangi versiyaning operativ xotirasi 4 gigabaytga, doimiy xotirasi esa 128 gigabaytga teng. Qo‘shimcha flesh-xotiradan ham foydalansa bo‘ladi.

Noutbuk yetarli darajada ingichka – 19,9 millimetr. Klaviaturada kalkulyatorni, brauzerni va "Scroll Lock"ni yoqish uchun maxsus tugmalar bilan to‘ldirilgan alohida raqamli blok bor. Noutbukka "Microsoft Office" to‘plami ham o‘rnatilgan.

Ikkita "USB 3.0", "USB 2.0", "Ethernet", "HDMI interface", quloqchin va xotira kartasi uchun slotlar bor. Noutbukning Xitoydagi bahosi 491 dollarga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Xiaomi" eng arzon "Mi Notebook"ni namoyish etdi