AQShning Apple shirkati MacBook Pro 13 noutbuklari hamda iPhone X smartfonlarida nuqsonlar va nosozliklar kuzatilayotganini e’lon qildi.
Shirkatga ko‘ra, ayrim iPhone X telefonlarida displey tarkibiy qismining ishdan chiqishi oqibatida sensor ekranda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Apple mutaxassislariga ko‘ra, smartfonlar ekraniga tegilsa ishlamasligi va aksincha, teginmaganda ishlashi mumkin.
Shirkat shunday muammolarga duch kelgan iPhone X egalariga ekranlar bepul almashtirib berilishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Apple 2017-yil iyulidan 2018-yil iyuniga qadar sotilgan ayrim MacBook Pro 13 noutbuklarining qattiq disklarida ma’lumotlar o‘z-o‘zidan yo‘qolayotgani yoxud ishlamay qolayotgani haqida bildirdi.
Shirkat bunday qurilmalar egalariga ham imkon qadar tezroq nosozliklarni bartaraf etish maqsadida Apple servis markazlariga murojaat qilishni tavsiya qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi