Samsung Electronics kompaniyasi 2019 yilda 4 ta ko‘rinishdagi, jumladan 6 ta kamerali va kattalashtirilgan ekranli Galaxy S10 smartfonini taqdim qilmoqchi. Bu haqda xorij matbuotiga tayanib Kun.uz nashri ma’lum qildi.
Nashr manbalariga ko‘ra, kompaniya Galaxy smartfonlari paydo bo‘lganining 10 yilligiga “iste’molchilarni o‘tgan yillardagidan ham ko‘proq hayratlantirmoqchi”. Ta’kidlanishicha, Galaxy S10’ning fevralda chiqadigan 3 ta ko‘rinishi 5,8 dyuymdan 6,4 dyuymgacha diagonalli ekranga, Beyond X deb ataluvchi 4-ko‘rinishi esa 6,7 dyuymli ekranga ega bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, Beyond X umumiy hisobda 6 ta kameraga ega bo‘ladi: ikkita old panelda, to‘rtta orqa panelda. Bundan tashqari, bu turdagi smartfon 5G avlodidagi uyali aloqa tarmoqlariga kirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Maqolada aytilishicha, Beyond X 2019 yil fevralda Janubiy Koreya va AQShda namoyish qilinishi mumkin, biroq qachon sotuvga chiqishi ma’lum qilinmagan.
Galaxy S10’ning qolgan 3 ta turi 5 tagacha kameraga ega bo‘ladi. Ular orqali simsiz usulda boshqa mobil qurilmalarni quvvatlash mumkin bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi