Avstraliya Raqobat va isteʼmolchilarni himoya qilish boʻyicha komissiyasi oʻz saytida Google hamda Facebook kompaniyalariga nisbatan oʻtkazilgan surishtiruv ishlarining dastlabki natijalari aks etgan hisobotni joylashtirdi.
Taʼkidlanishicha, surishtiruv mazkur platformalarning mamlakatdagi reklama va mediaraqobatga taʼsirini aniqlash maqsadida oʻtkazildi.
“Raqobat va isteʼmolchilarni himoya qilish boʻyicha komissiya dijital-platformalar avstraliyalik foydalanuvchilar haqida toʻplayotgan katta miqdordagi maʼlumotlardan xavotirda”, - deyiladi hujjatda.
Aniqlik kiritilishicha, gap resurslar foydalanuvchilarining oʻzidan olinmaydigan maʼlumotlar haqida ketmoqda.
Kompaniya vakili Rod Simsning soʻzlariga koʻra, platformalar algoritmidagi qator harakatlar toʻliq tushunilmagan, foydalanuvchilar esa “onlayn-platformalarda filtr-pufaklar, exo-kameralar va ishonchsiz yangiliklar” xavfiga duch kelmoqda. Bundan tashqari, Google hamda Facebook isteʼmolchilarni himoya qilish va raqobat toʻgʻrisidagi qonunlarni buzgan boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq amerikalik general Googleʻni Pentagon bilan hamkorlikni boshlashga chaqirgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi