AQShning Apple kompaniyasi Xitoy sudining mamlakatda iPhone’ning 7 ta modelining sotilishi taqiqlanishi qarori ustidan shikoyat arizasi topshirdi.
Avvalroq Fuchjou shahri sudi Apple mobil qurilmalar uchun protsessor va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasining patent huquqlarini buzganligi ma’lum bo‘lgandan keyin kompaniyaning 7 ta modeldagi smartfonlari sotilishini taqiqlagandi. Jumladan, sud qaroriga ko‘ra iPhone 6S, iPhone 6S Plus, iPhone 7, iPhone 7 Plus, iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X taqiqlov ostiga tushgan.
“Qualcomm’ning mahsulotimizga taqiqlov kiritishga urinishi bu noqonuniy harakatlari butun dunyoda tergov qilinayotgan kompaniya tomonidan yana bir noiloj qadamdir. iPhone’ning barcha modellari Xitoydagi mijozlarimiz uchun ochiq qoladi. Qualcomm avval olmagan uchta patenti haqida gapirmoqda, jumladan ulardan bittasi noqonuniy deb topilgan. Biz sudlarda barcha huquqiy imkoniyatlarimizdan foydalanamiz”, deb aytilgan Apple’da.
AQSh kompaniyasi Qualcomm’ning patent huquqlarini buzmagani va qurilmalarni sotishga taqiqlov sudning qarori doirasidan tashqariga chiqishini aytgan. Apple’da ma’lum qilinishicha, sud qarorida gap borayotgan patentlar iPhone’ning barcha oxirgi modellarida o‘rnatilgan oxirgi operatsion tizimga amal qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi