date

OAV: “Microsoft” o‘zining yangi brauzerini 21 yanvarda taqdim etishi mumkin

OAV: “Microsoft” o‘zining yangi brauzerini 21 yanvarda taqdim etishi mumkin

2015 yil 21 yanvar kuni “Microsoft” kompaniyasi o‘zining yangi brauzeri hamda “Windows 10” operasion tizimining yangi funksiyalarini taqdim etishi mumkin. Bu haqda “ZDNet” nashriga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Loyiha “Spartan” nomi bilan atalmoqda. Yangi brauzerning ko‘rinishi “Internet Explorer”dan ko‘ra “Google Chrome” va “Mozilla Firefox”ga yaqinroq bo‘ladi. Shunga qaramay, brauzer “Internet Explorer”da foydalanilgan “Microsoft Trident” dvijogi asosida yaratiladi.

“Spartan” brauzerini “Windows 10” tizimida ishlaydigan barcha qurilmalarga, smartfon, planshet, hattoki, “Xbox” qurilmasiga o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Windows 10” ilk bor joriy yilning 30 sentyabrida taqdim etilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » OAV: “Microsoft” o‘zining yangi brauzerini 21 yanvarda taqdim etishi mumkin