
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Usmanov joriy yilda O‘zbekiston bo‘yicha 400dan ortiq wi-fi nuqtalari tashkil etilishini bildirdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Foto: Sirojiddin Usmanov
«O‘zbektelekom» va boshqa xususiy operator-provayderlarni ushbu ishga jalb etgan holda rejadagi 400ta nuqtada wi-fi hududlari tashkil etiladi. Hamma nuqtalarga optik tolali kabellar orqali internet uzatilishi belgilangan.
Shuningdek, foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish tizimi joriy etilishi nazarda tutilgan», – deydi u.
Eslatib o‘tamiz, «2025 yilgacha bo‘lgan davrda Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi» loyihasida O‘zbekistonning har bir mintaqasidagi kamida 50 turistik infratuzilma ob’ektida bepul Wi-Fi zonalari yaratilishi nazarda tutilgandi.
Metrotelecom TM esa Toshkent metrosida internet xizmatlarini joriy etish sinov-tajribasini davom ettirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar