Samsung 8-dyuymli yangi Galaxy Tab SM-T375S planshetini tayyorlamoqda

Internetda Samsung kompaniyasi Galaxy Tab seriyasidagi yangi planshet ustida ish olib borayotganining tasdig‘i paydo bo‘ldi. Bu haqda 3dnews.ru nashriga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Hindistonda eksport-import operasiyalarini kuzatuvchi Zauba sayti evaziga yangi planshetning ekrani o‘lchami diagonal bo‘yicha 8 dyuym bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
Planshetning ikkita nusxasi Hindistonga 7 dekabrda sinash va baholash uchun etkazilgan. Deklarasiyada planshetning narxi 103 dollarligi ko‘rsatilgan. Hujjatda ta’kidlanishicha, Samsung SM-T375S sinovdan o‘tgandan keyin buzib tashlanadi.
Planshet Bluetooth SIG va Wi-Fi Alliance’dan muvaffaqiyatli sertifikatlashtirishdan o‘tganidan keyin Samsung planshetni rasman taqdim qilishi uchun bir necha qadamlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing