07:48 / 27.05.2019
2 680

Xitoyda iPhone savdosi tushib ketdi

Xitoyda iPhone savdosi tushib ketdi
Foto: Sputnik
Xitoyda iPhone savdosi keskin tushib ketdi, ayni damda bor-yo‘g‘i 17% xitoyliklar iPhone sotib olish haqida o‘ylamoqda, deb yozadi Sputnik.

UBS kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ma’lum bo‘lishicha, Xitoyda iPhone’ga bo‘lga qiziqish keskin tushib ketgan. Yaqin ikki oy ichida iPhone sotib olasizmi deyilgan savolga o‘tgan yilning oktyabr oyida 22% aholi «Ha» deb javob bergan edi. Hozir bo‘lsa bundaylar soni 5 foizga kamaygan.

UBS kompaniyasi direktori Timoti Arkurining fikriga ko‘ra, bunga AQShda Huawei kompaniyasiga qarshi kiritilgan sanksiyalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. iPhone sotib olish istagi milliy g‘urur tufayli yo‘qolgan bo‘lishi mumkin. Ekspert fikriga ko‘ra, bunday holat kamida 12 oy davom etadi.

Ushbu xabar ta’sirida Apple aksiyalari narxi biroz pastlab, 235 dollardan 225 dollarga tushgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda iPhone savdosi tushib ketdi