date

Beeline “Evraosiyo mobil kubogi” g‘oliblarini e’lon qildi: O‘zbekistonlik jamoa TOP-3talikda va jahon birinchiliga yo‘l olmoqda

Beeline “Evraosiyo mobil kubogi” g‘oliblarini e’lon qildi: O‘zbekistonlik jamoa TOP-3talikda va jahon birinchiliga yo‘l olmoqda

Beeline “Evraosiyo mobil kubogi” (Eurasia Mobile Challenge) tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yhatdan o‘tgan 550dan ziyod yosh tadbirkorlar guruhlaridan 28 yanvar kuni Moskvada bo‘ib o‘tgan finalda hakamlar uch guruhni tanlab olishdi.

G‘olib guruhlar – uchunchi o‘rinni O‘zbekistonlik startap jamoa – Stolik egalladi. Restoranda stolga buyurtma berish uchun bepul ilova. Ikkinchi o‘rin – Qozog‘istonlik MDIRECT jamoasi. Ularning ilovalari avtomibil ehtiyot qisimlarini bevosita ishlab chiqaruvchining o‘zidan tez topish imkonini beradi. Birinchi o‘rinni Qirg‘izistonlik ArtAsian jamoasi egalladi. Bu platform orqali Markaziy Osiyodagi ustalar hunarmandchilik mahsulotlarini sota olishlari mumkin. Loyihaning maqsadi – ingliz tilida gaplashuvchi foydalanuvchilarni O‘zbekiston. Qozog‘iston. Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning “Markaziy Osiyoda” yashirilgan” madaniy an’analariga e’tiborini jalb etishdir.

Kechagi yakuniy hududiy bosqichdan so‘ng ushbu uch jamoa 2016 yilning 22-26 fevral kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan Halqaro mobil aloqa kongressi doirasida Evraosiyoni taqdim etadilar.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Yigitlarimizning yutuqlaridan, shuningdek O‘zbekistonlik mutaxassislar EMC doirasida 60ga yaqin jamoani yaratib ko‘rsatgan faolliklaridan juda ham faxrlanaman. Bu esa so‘ngi payt mobaynida soha yirik ham miqdorli ham sifatli siljish amalga oshgani haqida dalolat beradi. Stolik jamoasini chin yurakdan tabriklayman va ularga Barselonada muvaffaqiyatlar tilab qolaman!”

Make Your Mark (“O‘z izingni qoldir”) nomli Vimpelom‘ning global loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan Eurasia Mobile Challenge sentyabr oyida ishga tushirilgan edi. Tanlov hamkori – Huawei Technologies Co. Ltd.

Tanlov doirasida yosh tadbirkorlar oldida mobil sohasidagi echimni yaratish va uni hakamlarga quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etish kabi masala turar edi: “O‘yin-kulgu va madaniyat”, “Ekologiya”, “Ijtimoiy soha”, yoki “Boshqa”. Innovatsionligi, mahalliy aholi uchun muhimligi, miqyosligi, shuningdek respublika va halqaro investorlar uchun biznes-modelning o‘ziga hosligi.

Bundan tashqari Moskvadagi hududiy final doirasida VimpelCom A.T. Kearney etakchi halqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda “Raqamli tadbirkorlik ekotizimi – qanday qilib Rossiyada jahon miqyosidagi ekotizimni yaratish mumkin” (“Digital Entrepreneurship in Russia: how Russia can build a world-class digital ecosystem”) nomli ma’ruza tayyorladi, Ma’ruzada Rossiyadagi raqamli tadbirkorlik ekotizimi haqida to‘liq tasavvur berilgan, shuningdek raqamli innovatsiyalar va texnologiyalar sohasida o‘sishning imkoniyatlari keltirib o‘tilgan.

Tanlov haqidagi so‘ngi xabarlardan habardor bo‘lish uchun quyidagi saytni kuzating www.eurasiamobilechallenge.com. “Raqamli tadbirkorlik ekotizimi – qanday qilib Rossiyada jahon miqyosidagi ekotizimni yaratish mumkin” mavzusidagi ma’ruzani quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin https://www.vimpelcom.com/Global/Files/Responsibility/Digital-Entrepreneurship-in-Russia.pdf
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Beeline “Evraosiyo mobil kubogi” g‘oliblarini e’lon qildi: O‘zbekistonlik jamoa TOP-3talikda va jahon birinchiliga yo‘l olmoqda