Foto: «vc.ru»
2019 yilning 11 noyabr kuni IT-Parkda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan texnoparklarni rivojlantirish dasturi doirasida IT-Parkni rivojlantirish uchun grant ajratish masalasi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda IT-Park bosh direktori Farhod Ibragimov, Koreya kichik va o‘rta biznes hamda startaplar vazirligi, Koreya texnoparklarni rag‘batlantirish uyushmasi (KTPA), Koreya Kyonbuk texnoparki, Koreya fan va texnologiya siyosati instituti (STEPI) va IT-Park vakillari ishtirok etishdi.
Tashrifning asosiy maqsadi infratuzilmani takomillashtirish, IT-dasturlar, shuningdek moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun Axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar texnologik parki — IT-Parkni rivojlantirish uchun grant ajratish orqali O‘zbekiston IT-sohasini qo‘llab-quvvatlash masalasi bo‘ldi.
Shuningdek, IT-Park rezidenti bo‘lishning afzalliklari, IT-akademiya, inkubatsiya va tezlashtirish dasturlari, xalqaro loyihalar va tanlovlar, IT-Park Venchur fondi mavzulari yuzasidan ham muhokamalar bo‘ldi.
Mehmonlar O‘zbekistonning AKT sohasidagi salohiyatiga alohida e’tibor va ijobiy tomonga bo‘lgan muhim o‘zgarishlarni qayd etib o‘tdilar.
«Ushbu qadamlar kelgusida yoshlarning AKT sohasida yetuk bilimga ega bo‘lishlari zamirida o‘z samarasini ko‘rsatishi kerak. Bu esa O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi «yakkashox»* bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladigan yirik startap kompaniyalarning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘ladi», deyiladi xabarda.
* AKT sohasida «yakkashox» deyilganda bir milliard dollar foyda keltirgan kompaniya nazarda tutiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi