Apple joriy yilning fevral oyidan boshlab hamyonbop ayfonlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya rejalaridan xabardor manbaga tayanib Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Smartfon martda taqdim qilinadi. Bu $399 lik iPhone SE’dan keyingi ilk budjet smartfon bo‘ladi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, yangi iPhone diagonali 4,7 dyuym bo‘lgan iPhone 8 ga o‘xshaydi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi modelida Touch ID "Uy" tugmachasiga birlashtiriladi, shu sababli smartfonda Face ID bo‘lmaydi. Protsessori esa hozirgi flagman iPhone 11 bilan bir xil bo‘ladi. Nashrda qurilmaning taxminiy narxi aytilmagan.
Apple 2020 yilda 5G’ni qo‘llab quvvatlaydigan, hozirgidan tezkorroq protsessorli hamda orqa paneldagi 3D kamerali iPhone taqdim etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz shu paytga qadar taqdim etilgan ayfonlar beshinchi avlod texnologiyasini qo‘llab quvvatlamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
18 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot