23:35 / 08.02.2020
4 632

Xiaomi dunyodagi eng tezkor smartfonni ishlab chiqaradi (foto)

Xiaomi dunyodagi eng tezkor smartfonni ishlab chiqaradi (foto)
Foto: «Megaobzor.com»
Tarmoqda Xiaomi Mi 10 Pro mobil qurilmasining test natijalari tarqaldi. Ularga ko‘ra, qurilma dunyodagi eng tezkor ishlovchi smartfon hisoblanadi, deyiladi Digital Chat Station ma’lumotida.

Xitoydagi eng ommaviy blogning qayd etishicha, Xiaomi yangi smartfonni yaqin orada sotuvga chiqaradi. Muallif smartfon imkoniyatlarini baholashda AnTuTu testlariga asoslangan, ularga ko‘ra Mi 10 Pro qariyb 600 ming ball to‘plagan. Xiaomi Mi 10’ning odatiy versiyasi ushbu testda 560 ming atrofidagi ball yig‘a olgan.

Foto: «Lifehacker.ru»

Foto: «Lifehacker.ru»
Mish-mishlarga ko‘ra, Mi 10 Pro’da 120 gers chastotaga ega yangilangan ekran, Qualcomm Snapdragon 865 protsessori, LPDDR5 standartidagi sakkiz gigabayt tezkor xotira, 66 Vatt quvvatga ega tezda zaryadlanuvchi akkumulator bo‘ladi.

AnTuTu’ning yanvar natijalari bo‘yicha bozordagi eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan smartfon Vivo iQOO Neo 855 bo‘lib turibdi, qurilma deyarli 504 ming ball to‘plagan. Yanvar oxirida tarmoqlarda hali namoyish etilmagan flagman Xiaomi Mi 10’ning sintetik testlar natijalari tarqaldi. Ularga ko‘ra apparat 560 ming ball yig‘a olgan.

Manbalar Xiaomi Mi 10 savdo tarmog‘ining relizi fevral o‘rtasida amalga oshishini bildirgan. 6 fevralda Xiaomi vakillari devayslarning an’anaviy taqdimoti koronavirus epidemiyasi sabab o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan. Xitoy kompaniyasi odatiy tadbir o‘rniga onlayn-taqdimot qilishni rejalashtirmoqda. Honor brendi ham jurnalist va blogerlarni yangi smartfon taqdimotiga taklif qilish fikridan qaytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi dunyodagi eng tezkor smartfonni ishlab chiqaradi (foto)