
Foto: Avio Interiors
Italiyaning aviatsiya intererlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Avio Interiors kompaniyasi antivirusli o‘rindiqlarga ega samolyot saloni konseptini taqdim etdi.
Yo‘lovchilarni o‘tqazishning ikki varianti mavjud. Birinchisiga Yanus — ikki yuzli Rim xudosining nomi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra bir qatorga uch o‘rindiq joylashtiriladi, o‘rtadagi o‘rindiq orqa tomonga o‘girilgan bo‘ladi.

Foto: Avio Interiors
Mazkur holatda joylar shaffof plastik bilan ajratilib, o‘rindiqlar atrofi o‘rab chiqiladi. Ushbu plastik to‘siqni boshqarish mumkin: shaffoflilik darajasini kamaytirish yoki to‘liq qora qilib qo‘yish. Bu kabi yechim yo‘lovchilar orasida maksimal izolyatsiyani ta’minlashi mumkin. Bundan tashqari, yo‘lovchilar o‘zining shaxsiy makoniga ega bo‘ladi.

Foto: Avio Interiors
Ikkinchi variant nomi Glassafe bo‘lib, shaffof kapsulani yodga soladi — u o‘rindiqlarning tepa qismiga o‘rnatiladi, o‘rindiqlar esa o‘z holicha qoladi. Konstruksiya yo‘lovchi atrofida izolyatsiyalangan makonni hosil qiladi va atrofdagilar bilan havo orqali aloqani kamaytirish imkonini beradi.

Foto: Avio Interiors
O‘rindiqlarga qotirish uchun bir necha jihozlar taklif qilinmoqda — kapsulani osonlikcha yechib tashlash yoki oldingidek qotirib qo‘yish mumkin. Shuningdek, plastik shaffofligi ham turli darajada bo‘lishi mumkin.

Foto: Avio Interiors
Ikkala konsept ham Avio Interiors tomonidan patentlangan va ishlab chiqarishga tayyor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar