Sho‘r suv yopiq shisha kub ichida quyosh nurlari ostida isib boradi, bundan so‘ng suv bug‘lari shisha yuzasining tashqi yuzasida to‘planib, chuchuk suv ko‘rinishida pastdagi idishga sizib tushadi.
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining ma’lum qilishicha, Andijon mashinasozlik institutiga maishiy va dala sharoitida sho‘r suvni chuchuklashtirish usuli uchun patent berildi.
Ushbu usulda sho‘r suv yopiq shisha kub ichida quyosh nurlari ostida isib boradi, bundan so‘ng suv bug‘lari shisha yuzasining tashqi yuzasida to‘planib, chuchuk suv ko‘rinishida pastdagi idishga sizib tushadi.
Usulning yangiligi shundaki, sho‘r suvga permanganat kaliy (KMnO4) moddasi qo‘shilishida bo‘lib, u suvning rangini o‘zgartirish orqali chuchuklashtirish jarayonini tezlashtiradi.
Bildirilishicha, mazkur kashfiyot boshqalaridan chuchuklashtirish usulining oson va arzonligi bilan farq qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari