19:39 / 24.06.2020
3 648

Telegram videoqo‘ng‘iroq funksiyasi ishga tushirdi

Telegram videoqo‘ng‘iroq funksiyasi ishga tushirdi
Yurtimizda keng ommalashgan Telegram ko‘p jihatdan raqobatchilaridan ustun; uning asosiy kamchiligi esa video qo‘ng‘iroq funksiyasi yo‘qligidir. Mazkur messenjer asoschisi Pavel Durov ushbu opsiya ham ilovaga qo‘shilayotgani haqida avvalroq aytgan edi.

Nihoyat, video qo‘ng‘iroqlar funksiyasi Telegram'da sinov tariqasida foydalanuvchilarga taqdim etildi. Lekin u hozircha faqat iOS tizimi uchun ishlab chiqilgan Telegram kliyentining 6.3 raqamli beta-versiyasida mavjud.

Sinab ko‘rishni istagan iPhone egalari avvalo mana bu havola orqali TestFlight dasturini o‘rnatib olishlari lozim. Keyin esa kelgan taklifnomadagi havola yordamida Telegram 6.3 beta-versiyasini o‘rnatib, undagi debag-menyu orqali uni faollashtirish zarur. Ya’ni, «shesternyacha» belgisi ustiga ketma-ket 10 marta bosish kerak. Keyin esa ro‘yxatning eng oxiridagi «Experimental Feature» pereklyuchatelini yoqsangiz, profil menyusida «Video qo‘ng‘iroq» tugmachasi paydo bo‘ladi.

Ta’kidlab o‘tish muhimki, video qo‘ng‘iroqni sinab ko‘rishingiz uchun nafaqat sizda, balki suhbatdoshingizda ham mazkur funksiya faollashtirilgan bo‘lishi lozim. Shunday ekan, ushbu yo‘riqnomani yaqinlaringizga ulashing va ular bilan Telegram'da video suhbat qiling!

Messenjerning Android tizimidagi beta-versiyasiga va barqaror kliyentlariga video qo‘ng‘iroq opsiyasi qachon tatbiq etilishi hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram videoqo‘ng‘iroq funksiyasi ishga tushirdi