21:00 / 01.08.2020
2 350

Microsoft korporatsiyasi TikTok ulushini sotib olmoqchi

Microsoft korporatsiyasi TikTok ulushini sotib olmoqchi
Microsoft korporatsiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘i ulushini sotib olishga qiziqmoqda. Bu haqda , The New York Times (NYT) nashri xabar berdi.
Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, Microsoft bu borada Xitoyning ByteDance kompaniyasi bilan muzokara olib bormoqda. TikTok ijtimoiy tarmog‘ini ushbu kompaniya ishlab chiqqan. Muzokaralar qaysi bosqichda ekanligi xabar qilinmagan.

Reuters agentligining ma’lumot berishicha, g‘arblik investorlar TikTok uchun 50 mlrd dollar taklif qilmoqda.
Avvaroq Bloomberg AQSH prezidenti Donald Tramp TikTok ilovasining Amerika hududida ishlashiga taqiq joriy etmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

AQSH prezidenti ma’muriyati TikTok va WeChat Amerika fuqarolariga oid ma’lumotlarni yig‘ishda qo‘llanilishi mumkin deb hisoblamoqda.
TikTok 2018 yilda foydalanuvchilar e’tiboriga havola etilgan. U qisqa qideolar yaratish va tomosha qilish uchun mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft korporatsiyasi TikTok ulushini sotib olmoqchi