20:19 / 08.09.2020
2 245

Xiaomi texnik jihatdan flagmanlardan qolishmaydigan hamyonbop smartfonini taqdim etdi

Xiaomi texnik jihatdan flagmanlardan qolishmaydigan hamyonbop smartfonini taqdim etdi
Foto: Slash Gear
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi hamyonbop smartfoni — Poco X3 NFC’ni taqdim etdi. Qurilma ko‘plab jihatlari bilan flagman qurilmalardan qolishmaydi, deb yozadi Slash Gear.

Smartfon 2400x1080 pikselli hamda 120 gers chastotali 6,67 dyuym ekranga ega bo‘lgan. Displey avtomatik ravishda kadrlar chastotasini sozlashi mumkin — 50, 60, 90 va 120 gers.

Qurilma ichiga Snapdragon 732G protsessori, 6 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilgan, ichki xotirasi esa ikki xil variantda taqdim etiladi: 64 yoki 128 gigabayt. Akkumulator sig‘imi 5160 mA/soatga teng bo‘lib, 33 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfon «oddiy foydalanish rejimi»da ikki sutka ishlay oladi.

Poco X3’ning orqa panelida asosiy datchigi 64 megapikselga teng kvadrokamera joylashgan. Uni 13 megapikselli keng burchakli, shuningdek, makrokamera va chuqurlikni o‘lchovchi kamera to‘ldirib turadi. Old tomonidan esa 20 megapikselli frontal kamera o‘rin olgan.

Bundan tashqari, qurilmadan naushniklar uchun 3,5 millimetrli razyom joylashgan, smartfon LTE, Bluetooth 5.1 va Wi-Fi 5’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma ikki rangda taqdim etiladi: kul rang va ko‘k.

Smartfon modifikatsiyasiga qarab 242 dollardan 303 dollarga qadar sotuvga chiqqan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi texnik jihatdan flagmanlardan qolishmaydigan hamyonbop smartfonini taqdim etdi