20:13 / 19.01.2021
2 616

Ford kompaniyasi mashina oynasi bug‘lanishining oldini oluvchi moslama yaratdi (video)

Ford kompaniyasi mashina oynasi bug‘lanishining oldini oluvchi moslama yaratdi (video)
Kadr: YouTube
Ford kompaniyasi muhandislari avtomobillar oynasining bug‘lanishiga oid muammoga yechim topdi. Kondensatdan himoyalash maqsadida Windscreen Weather Station nomli maxsus tizim yaratilgan bo‘lib, u avtomatik ravishda salon havosidagi namlik aniqlanishi bilan ishga tushadi va old oynaning shaffofligini ta’minlaydi, deb yozadi Motor.

Windscreen Weather Station tizimi o‘lchami beshga uch santimetrga teng ixcham qurilma ko‘rinishida bo‘lib, old oynadagi orqani ko‘rishga mo‘ljallangan ko‘zgu oldiga o‘rnatiladi. U bir nechta sensorlari yordamida havodagi namlikni aniqlash va maksimal darajada kerakli sozlamani tanlash orqali konditsionerni boshqarishi mumkin.

Bundan tashqari, Ford’ning ma’lum qilishicha, ushbu qurilma yoqilg‘i sarfi va havoga karbonat angidrid gazlarining chiqishini kamaytiradi, bu iqlim kompressor tizimidan optimal foydalanish hisobiga amalga oshiriladi.

Windscreen Weather Station’ning promo-videosida Amerika markasi sport ishqibozlariga e’tibor qaratgan mazkur ixtiro, ayniqsa, ular uchun foydali bo‘ladi. Toza havodagi mashg‘ulotdan so‘ng haydovchi mashinaga o‘tirgach, undan chiqayotgan nafas oynalarning bug‘lanishiga olib keladi. Qurilmani hozirda Ford Kuga va Explorer krossoverlariga o‘rnatish boshlangan. Alohida sotilish yoki sotilmasligi hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ford kompaniyasi mashina oynasi bug‘lanishining oldini oluvchi moslama yaratdi (video)