16:50 / 08.02.2021
741

Porsche kompaniyasi yangi Lada Granta narxidagi soatlarni sotuvga chiqaradi

Porsche kompaniyasi yangi Lada Granta narxidagi soatlarni sotuvga chiqaradi
Foto: Porsche / TAG Heuer
Porsche kompaniyasi Shveysariyaning soat ishlab chiqaruvchi TAG Heuer firmasi bilan hamkorlikni boshladi. Kollobratsiya doirasida taqdim etiladigan birinchi mahsulot 6050 dollarlik TAG Heuer Carrera Porsche Chronograph qo‘l soatlari bo‘ladi, deb yozadi Motor.

TAG Heuer Carrera Porsche Chronograph yo‘l qatlamini yodga soluvchi «asfalt effekti» nomli uslubiy siferblatga ega bo‘lgan. Uchta qo‘shimcha hisoblagichlar soniyalar, daqiqa va soatni ko‘rsatadi, «soat olti» belgisi ustida esa sana joylashtirilgan. Diametrli 44 millimetrli soatga uzluksiz 80 soat ishlab oladigan mexanizm o‘rnatilgan. Buning yordamida Carrera Porsche Chronograph xaridorlari bir necha kun boshqa soatlardan foydalangan taqdirda ham ushbu soat «yurish»da davom etadi.

Foto: Porsche / TAG Heuer
Xronografning orqa tomonida shaffof qopqoq joylashgan bo‘lib, u orqali soat mexanizmini ko‘rish mumkin, markaziy seksiya bo‘lsa Porsche rul chambaragining uch kegayli tashqi ko‘rinishi yodga soladi. Muhandislarning so‘zlariga ko‘ra, yangi soat 1960 yillarda poygachilar foydalangan TAG Heuer soatlarini, shuningdek, brendning o‘zi esa turli bellashuvlarga homiylik qilgan davrlarni eslatib turadi.

TAG Heuer Carrera Porsche Chronograph soatlari ikki xil ko‘rinishda taqdim etiladi. Po‘lat tasmali xronografni 6050 dollarga xarid qilish mumkin. Charmli versiyasining narxi — 5850 dollar. Ayni vaqtda bu pulga Rossiyada yangi Lada Granta xarid qilish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)