20:33 / 16.03.2021
2 126

Hermès qo‘ziqorindan sumka ishlab chiqara boshladi

Hermès qo‘ziqorindan sumka ishlab chiqara boshladi
Foto: Esquire
Fransiyaning Hermes moda uyi ekologik toza materiallarni ishlab chiqaruvchi kompaniya − MycoWorks bilan hamkorlik qila boshladi, deb yozadi Esquire. Ular birgalikda qo‘ziqorin mitseliyasiga asoslangan charmga o‘xshash materiallardan Victoria sumka modelini chiqardi.

Sylvania deb nomlangan kompaniyaning yangi tikilgan sumkasi juda nozik qo‘ziqorin terisi hisoblanadi. Charmni ishlab chiqarish uchun mitseliy maxsus ozuqaviy muhitda o‘stiriladi, u yerda silliq qatlam hosil qilinadi, keyin quritiladi va qayta ishlanadi. Odatda moda uyining an’anaviy texnologiyalari bo‘yicha Hermes xodimlari tomonidan allaqachon teri uchun ishlatiladigan material ajratilgan va bo‘yalgan.

Fransuz brendining vakillari so‘zlariga ko‘ra, qo‘ziqorin «terisi»ning sifati va ko‘rinishi tabiiysidan kam emas. MycoWorks’ning qarashlari va an’analari Hermes’ning tabiiy xom ashyolarga bo‘lgan talab, mukammallik, buyumlarning chidamliligi va hayotiyligini ta’minlash bilan birlashadi», − deydi Hermes moda uyi direktori Per-Aleksis Dyuma.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hermès qo‘ziqorindan sumka ishlab chiqara boshladi