10:00 / 27.04.2021
2 235

Telegram O‘zbekistonda guruh va kanallarda to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat berdi


O‘zbekistonda endi Telegram guruh va kanallarida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb yozmoqda «Gazeta.uz» Spot’ga tayanib.

Qayd etilishicha, to‘lov uchun botlar 2017 yildan beri mavjud, ammo ular bilan foydalanish noqulay bo‘lgan. Messenjerning yangilangan versiyasida to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish imkoniyati tufayli botlar bilan ishlash osonroq bo‘ladi.

Ilovada 8 ta o‘rnatilgan to‘lov tizimi mavjud, ulardan ikkitasi O‘zbekistondagi PayMe va Click tizimlari.

To‘lov platformasi ochiq va bepul — komissiya olinmaydi va to‘lov ma’lumotlari saqlanmaydi. Har bir savdogar Telegram bilan qo‘shimcha kelishuvlarsiz Payments API maydonchasidan foydalana oladi.

Sinov rejimi Demo Store kanalida o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram O‘zbekistonda guruh va kanallarda to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat berdi