
«O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirilib, internet tezligi 1800 Gbit/soniyaga yetkaziladi. Loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlari Vazirlar Mahkamasining 17 apreldagi qarori bilan qabul qilingan, deb xabar beradi Norma. Hujjatda loyihani amalga oshirish muddati ko‘rsatilmagan.
Hujjatga ko‘ra, loyiha tanlovda g‘olib chiqqan AQSHning Winncom Technologies kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi bo‘yicha umumiy qiymati 25,9 million dollarni tashkil etadi. Jumladan:
- «O‘zbektelekom» AK BNG va DPI qurilmalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4,97 million dollar:
- «O‘zbektelekom» AK ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4,99 million dollar;
- «O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya markazini o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4,98 million dollar;
- «O‘zbektelekom» AK ma’lumotlar uzatish yadro tarmog‘ida xizmatlar ko‘rsatishning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4,99 million dollarlik mashina va uskunalar xarid qilinishi ma’lumot uchun qabul qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar