23:23 / 14.05.2021
2 958

AQSHda erkak fikr kuchi yordamida kompyuterda matn terdi


Foto: Ali2day
AQSHda orqa miyasi jarohatlangani sabab falaj bo‘lib qolgan 65 yoshli erkak Stenford universiteti olimlari guruhi tomonidan yaratilgan qurilma yordamida fikr kuchi orqali kompyuterda matn terishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Olimlar tomonidan yaratilgan qurilma ikkita elektrod jamlanmasidan iborat. Ular qo‘lning harkatiga javob beradigan bosh miya ildizidagi taxminan 200 ta neyronning elektr faolligini nazorat qiladi. Bemor orqa miyasi lat yegani sabab oyoq-qo‘llarini harakatga keltira olmagan taqdirda ham, miyaning ushbu sohasi oldingidek signallarni generatsiya qilishga qodir.

Olimlarning ixtirosi orqa miyasiga shikast yetgan va elektrod implantlarni olgan 65 yoshli ko‘ngilli erkak ustida sinovdan o‘tkazilgan. Avvaliga undan alifbodagi barcha harflarni ruchkada qog‘ozga ketma-ket yozishni tasavvur qilish so‘ralgan, shuningdek, erkak tinish belgilari haqida ham o‘ylagan.

Tarjiba davomida kompyuterga ulangan dasturiy ta’minot algoritmi neyron faolligi modeli biror harf yoki belgiga mos kelishini aniqlagan. Ko‘ngilli ushbu belgini yozishni istagan vaqtida kompyuter signalni qabul qilib, o‘ylangan harfni ekranda to‘g‘ri aks etgan.

Foto: Shenoy lab & Erika Woodrum
Shu orqali erkak harfma-harf butun boshli gaplarni yoza olgan. Ta’kidlanishicha, u daqiqasiga 90 taga yaqin belgini tera olgan — uning yoshidagi oddiy erkak smartfonda shuncha matn tera oladi. Miya va elektron qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashish imkonini beruvchi oldingi qurilmalarning tezligi daqiqasiga 40 ta belgini tashkil etgan.

Endilikda olimlar texnologiyani nafaqat falaj bo‘lib qolgan, balki gapirish qobiliyatini ham yo‘qotgan ko‘ngilli ustida sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ular tizimga bosh harf hamda raqamlar kabi qo‘shimcha belgilarni qo‘shish niyatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSHda erkak fikr kuchi yordamida kompyuterda matn terdi