14:30 / 30.07.2021
2 889

Instagram o‘smirlarning akkauntini yopib qo‘yadi


26 iyuldan boshlab Instagram ijtimoiy tarmog‘i yoshi 16 ga to‘lmagan (ayrim mamlakatlarda 18 yoshga) barcha yangi foydalanuvchilarning akkauntlarini avtomatik ravishda yopib qo‘yadi. Bu haqda kompaniya saytiga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Foto: Instagram
Yopiq akkauntlarga tegishli ma’lumotni faqatgina o‘smir ruxsat bergan foydalanuvchilar ko‘ra oladi. Ijtimoiy tarmoqning Explore, Reel va boshqa bo‘limlarida yopiq akkauntlarning foto va videolar ko‘rinmaydi. Bu Stories’ga ham taalluqli.
Instagram’ning ma’lum qilishicha, o‘smir baribir akkauntini «ochib qo‘yishni» istasa, buni sozlamalar orqali amalga oshiradi.

«Instagram’ga ro‘yxatdan o‘tishda yoshlardan umumiy foydalanish yoki shaxsiy akkauntdan birini tanlashni so‘ragan edik, ammo yaqindagi tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ular shaxsiy tarjibalarini ko‘proq baholar ekan. Test vaqtida ro‘yxatdan o‘tayotgan o‘n nafar yosh foydalanuvchining sakkiztasi avtomatik ravishda ikkinchi variantni tanlagan», — deyiladi kompaniya xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram o‘smirlarning akkauntini yopib qo‘yadi