10:56 / 17.09.2021
2 358

TikTok suitsidga moyilligi borlarni aniqlab, ularga yordam beradi

TikTok suitsidga moyilligi borlarni aniqlab, ularga yordam beradi
Foto: «Korrespondent.net»
TikTok ijtimoiy tarmog‘iga yangi funksiya qo‘shilishi e’lon qilindi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu funksiya o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bor foydalanuvchilarni aniqlab, ularga psixologik yordam ko‘rsatadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu funksiya foydalanuvchilarga psixologik muammolar bilan kurashishga yordam beradi. TikTok mazkur mavzuga oid ma’lumotni qidirganlarni avtomat ravishda qo‘llab-quvvatlash manbalariga yo‘naltiradi.

«Biz foydalanuvchilarimiz haqida qattiq qayg‘uramiz va hamisha ularning farovonligiga hissa qo‘shadigan yangi usullarni qidiramiz. Mana nima uchun odamlarga kerak bo‘lganda TikTok’dan oson topish imkonini beruvchi qo‘shimcha ishlarni amalga oshiryapmiz», — deyilgan ijtimoiy tarmoqda.

Bundan tashqari, TikTok hazm jarayoni bilan bog‘liq muammodan aziyat chekayotganlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi xabarda. Avvalroq TikTok Facebook’ni ortda qoldirib, butun dunyoda eng ko‘p yuklab olingan dasturga aylangani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » TikTok suitsidga moyilligi borlarni aniqlab, ularga yordam beradi