1 541
«Twitter'da Amerika prezidenti bloklanadi, lekin «Tolibon»ga cheklov yo‘q» — Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ochdi
Foto: Reuters
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirganini ma’lum qildi. U TRUTH, ya’ni haqiqat deb nomlanadi.
«Katta texnologik zo‘ravonlarga qarshilik ko‘rsatish uchun TRUTH va TMTG (Trump Media & Technology Group)ni tashkil etishga qaror qildim. Biz shunday zamonda yashayapmizki, «Tolibon» bemalol Twitter'dan foydalanayotgan bir vaqtda bu tarmoq sevimli prezidentingizni bloklab qo‘yadi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
TRUTH'dagi ilk postimni tez orada joylayman. Uni hammaga gapirish imkonini berish uchun ochdim. Tez orada TRUTH'dagi chiqishlarim orqali katta texnologik zo‘ravonlarga qarshilikni boshlayman. Nega bu katta zo‘ravonlarga kimdir qarshilik qilmaydi, deyishardi, mana shu qarshilik qiladigan biz bo‘lamiz», dedi sobiq prezident.
Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimida ishlab turgan vaqtida Facebook va Twitter uning sahifasini bloklab qo‘ygandi. Bloklash Vashingtondagi Kapitoliy bosqinidan keyin, joriy yil boshida amalga oshirilgan. Tramp o‘z tvitlari orqali hukumatni tinch yo‘l bilan topshirmasligiga ishora qilmoqda, deb topilgandi.
Yaqinda Tramp Twitter'ni uning akkauntini qayta tiklashga majbur qilishni so‘rab federal sudga murojaat qilgandi. Sobiq prezident ochgan TRUTH ijtimoiy tarmog‘i 2022 yil birinchi kvartalida ishga tushishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?