23:03 / 22.10.2021
921

Dizaynerlar internetdan yuklab olib, mustaqil yig‘iladigan velosiped ishlab chiqishdi

Dizaynerlar internetdan yuklab olib, mustaqil yig‘iladigan velosiped ishlab chiqishdi
Foto: ARQUIMAÑA
Velosiped – ekologik transport turlaridan biri. Uni ishlab chiqarish jarayoni haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Ispaniya shimolida joylashgan Arquimaña studiyasi bu borada o‘z yechimini taklif qildi.

Jamoa chizmalarni internetdan yuklab olib, mustaqil tarzda yig‘ish mumkin bo‘lgan yog‘och velosiped OpenBike’ni ishlab chiqdi.

Arquimaña studiyasi asoschilari Rakel Ares va Inyaki Albistur avtomobillar ko‘payib borayotganiga e’tibora qaratib, OpenBike konsepsiyasini 2017 yilda o‘ylab topishdi. G‘oya odamlar o‘zlari yig‘ishi mumkin bo‘lgan ekologik toza velosipedni ishlab chiqishdan iborat edi. O‘z konsepsiyalarini amalga oshirish uchun basklar hukumatining rejalashtirish, uy-joy va transport hududiy departamentidan moliyaviy yordam olishdi.

Barchaga ma’lumki, avtomobillardan farqli ravishda velosipedlar atrof-muhitni ifloslantirmaydi, shuningdek, issiqxona gazlarini ishlab chiqarmaydi. Biroq Ares va Albisturning maqsadi velosipedlarni ishlab chiqarish jarayonida ham ifloslanishni kamaytirishdan iborat edi.

Foto: ARQUIMAÑA
- Dastlab foydalanuvchi Fab Foundation saytida yaqinda joylashgan ustaxonani topadi.
- Velosipedning asosiy korpusi qayta tiklanuvchi resurs – fanerdan ishlanadi. U ustaxonada maxsus qurilma yordamida kesib olinadi.
- O‘tirish o‘rni, rul 3D printerda silikondan yoki eski velosipeddan qayta ishlanadi.
- G‘ildiraklarni alohida sotib olish kerak.

Shu tariqa, foydalanuvchilarda o‘z shaharlaridagi raqamli ishlab chiqarish ustaxonasida velosipedni yig‘ish imkoniyati mavjud. Bu esa tayyor mahsulotni yetkazib berish jarayonida yuzaga keladigan chiqindilarni yo‘q qiladi.

Biz kam masshtabdagi mahalliy ishlab chiqarishga e’tibor qaratganmiz”, – deydi Albistur.

Albisturning qayd etishicha, OpenBike’ni ishlab chiqarish bozordagi eng arzon variant emas. Faner va boshqa kerakli qismlarni sotib olish uchun taxminan 500 dollar sarflanadi. Velosiped yog‘ochdan ishlangani uchun boshqa velosipedlarga qaraganda og‘irroq. Biroq Albistur studiyaning maqsadi bozordagi eng yuqori texnologik velosipedni yaratish emas, odamlar hamjamiyatiga qaratilganini aytib o‘tadi.

Foto: ARQUIMAÑA
Uning tasvirlashicha, OpenBike barqaror urbanizm, markazlashmagan ishlab chiqarish, resurslardan mas’uliyatli foydalanish va bilimlar almashinuvi uchun manifestdir. Boshqacha qilib aytganda, u o‘zining ekologik tushunchalarga sodiqligini ma’lum qilib, boshqalarni ham shu maqsad sari birlashishga chaqiradi.

Joriy yilda Arquimaña dizaynning yakuniy variantini namoyish etdi. Hozirgi vaqtda velosiped Ispaniyadagi Venetsiya arxitektura biyennalesi va Seul arxitektura va urbanizm biyennalesi pavilonlarida namoyish etilmoqda.

Foto: ARQUIMAÑA
Bugungi kunda mazkur loyiha bo‘yicha asoschilarga tegishli 2ta velosipedlar hisobga olinmaganda bor-yo‘g‘i 7ta velosiped ishlab chiqilgan. Seuldagi ustalar guruhi OpenBike’ni ikki kunda yig‘ishga muvaffaq bo‘lishgan.

G‘oyamiz hayotda o‘z o‘rnini topayotganini ko‘rish hayratlanarli. Endilikda dunyoning istalgan nuqtasida loyihani yuklab olib, shaxsiy OpenBike’ni yig‘ishlari mumkin”, deydi Albistur.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Texnologiya » Dizaynerlar internetdan yuklab olib, mustaqil yig‘iladigan velosiped ishlab chiqishdi