Foto: Getty Images
21 oktabr kuni Donald Tramp o‘zining TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘i yaratilganini e’lon qilgandi.
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning Trump Media & Technology Group (TMTG) kompaniyasi yaqinda e’lon qilgan TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘i rasman ishga tushmasdan turib hakerlar hujumiga uchradi, deb xabar berdi The New York Times. Hakerlar gazetaga bergan intervyusida o‘zlarini Anonymous guruhiga aloqador deb tanishtirgan.
Ularning ta’kidlashicha, TRUTH Social yaratilgani haqidagi xabardan bir necha soat o‘tib, hakerlar platformaning beta-versiyasini buzib kirishgan. Ular Tramp, uning sobiq maslahatchisi Stiven Bennon, fitna nazariyasi tarafdori Ron Uotkins va Twitter asoschisi Jek Dorsi nomlariga soxta akkauntlar ochishgan.
Hakerlar @donaldjtrump akkauntida cho‘chqalar surati va Dorsining sha’niga haqoratomuz so‘zlarni qoldirishgan. Postlar tasvirlangan skrinshotlar boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. TRUTH Social mualliflari soxta akkauntlarni bloklagan, so‘ngra esa platformaning beta-versiyasini yopishlariga to‘g‘ri kelgan, deb yozadi NYT.
Yanvarda Facebook va Twitter Donald Trampning sahifasini bloklab qo‘ygandi. 21 oktabr kuni Tramp TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘i yaratilganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, servisning beta-versiyasi «taklif qilingan mehmonlar» uchun noyabrda ishga tushadi, 2022 yil boshidan esa undan barcha foydalanishi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi