Foto: Reuters
Niderlandiya poytaxti Amsterdamdagi kanallar bo‘ylab boshqaruvchisiz suv taksisi Roboat III xizmati yo‘lga qo‘yildi. ZDNet nashrining xabar berishicha, boshqaruvchisiz suzish moslamasi 5 nafargacha yo‘lovchini yoki 1500 kg yuk tashiy oladi.
Qayiq-taksi AQSHning Massachusets texnologik instituti va Amsterdam ilg‘or shahar yechimlari instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.
Qayiqning 2015 yilda yaratilgan va sinovdan o‘tkazilgan modeli taksi sifatida to‘laqonli xizmat ko‘rsatishi uchun ancha yaxshilangan. Elektr qayiq to‘liq quvvatlanganda 10 soat ishlaydi. U soatiga 12 km tezlik bilan harakatlana oladi.
Roboat’ning boshqaruv tizimi boshqaruvchisiz avtomobillarda qo‘llanuvchi tizimga o‘xshash. Unga kanallar orqali harakatlanishda LIDAR skaneri, ob’ektlar va to‘siqlarni topishga, 360 daraja burchak ostida ko‘rishga imkon beruvchi datchik va kameralar yordam beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?