17:55 / 03.11.2021
2 055

Toshkentlik fuqaro davlatga elektr energiyasi sotishni boshladi

Toshkentlik fuqaro davlatga elektr energiyasi sotishni boshladi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Toshkentlik Rahimjon Rasulov xonadonida 6 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasi o‘rnatib, ushbu stansiya orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshladi.

Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu stansiya orqali yiliga 7 000 dan 10 000 kVt.soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Bugun, 3 noyabr kuni mazkur xonadon egasi va Energetika vazirligi tizimidagi Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida «Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik ob’ektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida» shartnoma imzolandi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Endilikda ushbu xonadonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.

Ushbu shartnoma umumiy o‘rnatilgan quvvati 1 MVt gacha (o‘zgaruvchan tok ) bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ob’ektlaridan, (mikro va kichik gidroelektr stansiyalardan tashqari) elektr eneriyasini xarid qilishga taalluqlidir.

Ma’lumot uchun: Shaxsiy quyosh fotoelektr stansiyalarini (1 MVt gacha) o‘rnatish istagida bo‘lgan fuqarolar stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulangan holda foydalanishlari hamda o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuqoridagi qarorlarga asosan shartnoma asosida sotishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentlik fuqaro davlatga elektr energiyasi sotishni boshladi