Foto: Screen Rant
Niderlandiya poytaxti Amsterdamda Roboats (robot qayiqlar) deb nomlangan avtonom elektr kemalarni sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda Screen Rant xabar berdi.
Modulli konstruksiya tufayli robot qayiqlar o‘zgartirilishi va turli vazifalarga moslashtirilishi mumkin. Robotlar yuk yoki yo‘lovchilarni tashiydi, yo‘l davomida chiqindilarni yig‘adi va hatto bir-biriga ulanib, suzuvchi infratuzilma, masalan, doklar yoki ko‘priklar hosil qiladi.
Foto: Screen Rant
Qayiqning ichki tayanch qismi akkumulatorli elektr platformaga, harakatga keltirish va boshqarish, real vaqt rejimida suvni tahlil qilish tizimlariga asoslangan. 360 gradusli ko‘rish burchagiga ega kameralar va lidarlar suvda harakatni boshqarishga yordam beradi — bu xuddi haydovchisiz transport vositalariga o‘xshab ketadi.
Platformaning yuqori qismini almashtirish mumkin. Yo‘lovchi moduli o‘rindiqlar bilan jihozlangan va 5-6 kishini sig‘dira oladi. Bir quvvatlashda robotlar taxminan 10 soat ishlaydi, ularni simsiz zaryadlash ham mumkin.
Loyiha Massachusets texnologiya instituti kompyuter fanlari va sun’iy intellekt laboratoriyasi (CSAIL) tomonidan Amsterdam ilg‘or shahar yechimlari instituti (AMS) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Professor Karlo Rattining so‘zlariga ko‘ra, qurilmalar hali sinov bosqichida, biroq tashkilot allaqachon ularni tijoriy maqsadlarida ishga tushirishni rejalashtirgan.
«Ayni paytda bu hali prototip. Boshqarish sensorli interfeys yordamida amalga oshiriladi. Siz shunchaki manzilingizni ko‘rsatasiz va qayiq sizni u yerga olib boradi», — deydi professor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...