Foto: Getty Images
TikTok qisqa videoroliklar domeni — TikTok.com 2021 yilda dunyoda eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytga aylandi va o‘tgan yilgi yetakchi Google’ni ortda qoldirdi. Bu haqda internet-trafikni kuzatib boruvchi Cloudfare ma’lumotlarida aytilgan.
TikTok birinchi marta fevral oyida Cloudfare ishtirokchilari reytingida eng yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lsa, avgust oyidan beri deyarli muntazam ravishda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2020 yilda dastur domeni ommaboplik bo‘yicha yettinchi o‘rinda edi.
Bu yil eng ko‘p tashrif buyurilgan domenlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni Facebook.com egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda Microsoft.com, Apple.com, Amazon.com, Netflix.com, YouTube.com va Twitter.com. WhatsApp.com kuchli o‘ntalikni yakunladi.
Reytingni tuzishda Cloudfare veb-saytga tashriflar bilan birga, ijtimoiy tarmoq yoki servisning dasturi haqidagi ma’lumotlarni ham hisobga oldi, deyiladi kompaniya xabarida.
TikTok qisqa videoroliklarni yaratish va ko‘rish xizmati Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli. 2018 yilda dastur butun dunyo foydalanuvchilariga taqdim etilgan va keng ommalasha boshlagan. 2021 yilning sentabr oyi oxirida TikTok oylik auditoriyasi bir milliard foydalanuvchidan oshganini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2 iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi.
15 dekabr kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi raisi Komil Allamjonov TikTok ijtimoiy tarmog‘i vitse-prezidenti, doktor Teo Bertram va kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Allamjonov kompaniya vakillariga tarmoqning ichki normalari va ayrim tartib-qoidalarini ko‘rib chiqish, uni O‘zbekiston qadriyatlari, urf-odat va mentalitetiga moslash bo‘yicha takliflar bergan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi