Foto: «Apple»
2022 yilning kuzida taqdim etilishi kutilayotgan ayfon katta modellari turkumining operativ xotirasi tarixiy rekord ko‘rsatkich — 8 gigabaytga kengaytiriladi. Shu tariqa «Apple» kompaniyasining yangi smartfonlari yaqinda taqdim etilgan Samsung Galaxy S22 modellariga tenglashib oladi.
Bu haqda «MacRumors» Janubiy Koreyaning «Naver» blogiga asoslanib xabar berdi. Insayderga ko‘ra, iPhone 14 ni seriyali chiqarishga hozirlik boshlab yuborilgan.
Ayfon operativ xotirasi kengayishi haqida o‘tgan yili «Haitong International Securities» tahlilchisi Jeff Pu ham yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi iPhone 13 Pro va 13 Pro Max 6 GB operativ xotiraga ega.
iPhone 14 taqdimoti sentabr yoki oktabrda bo‘lishi kutilyapti. Ayrim manbalarga ko‘ra, «Apple» kompaniyasi mini variantidan voz kechib, iPhone 14 Max smartfonlarini rivojlantirishga zo‘r beradi. Turkumda to‘rt model: 6,1 dyuymli iPhone 14/14 Pro va 6,7 dyuymli iPhone 14 Max/14 Pro Max modellari o‘rin olishi kutilmoqda.
Operativ xotiralardan tashqari, iPhone 14 ning barcha modellarida ichki xotira ham maksimumga yetkazilishi kutilyapti: kichiklarida — 512 GB dan 1 TB gacha, kattalarida — 2 TB gacha. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi