
Prezident “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Quyidagilar aholi orasida ayrim virusli infeksiyalarni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
- virusli gepatitlarning “V” va “S” turlarini erta aniqlash uchun respublikaning barcha hududlarida skrining tekshiruvlarini o‘tkazish va kasallikni davolash qamrovini oshirish;
- kasallik yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni, shu jumladan, qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlarini gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlash bilan to‘liq qamrab olish;
- skrining tekshiruvlarida virusli gepatit “S” turi aniqlangan bemorlarni davolash jarayonida dori vositalari bilan bepul ta’minlash;
- sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida virusli infeksiyalarni aniqlash uchun sarflov materiallari (reagent va test-to‘plamlari) bilan bosqichma-bosqich to‘liq ta’minlash;
- barcha davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarida jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestrini yaratish va uni yuritish;
- vaksinalar, test-to‘plamlari va virusga qarshi dori vositalari xavfsizligi, sifati va samaradorligi nazoratini takomillashtirish;
- virusli infeksiyalar muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, kasalliklarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
- virusli infeksiyalar yuqishining oldini olish tadbirlari bo‘yicha aholi o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish.
Prezidentning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2022 yil 1 iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti joriy etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar