19:00 / 12.07.2022
2 246

Jigar uchun foydali bo‘lgan sabzavot nomi ma’lum qilindi

Jigar uchun foydali bo‘lgan sabzavot nomi ma’lum qilindi
Jigarni sog‘lom saqlash uchun nafaqat yog‘li ovqatlar va yomon odatlardan voz kechish kerak, balki diyetaga brokkoli karamini ham qo‘shish kerak, deydi diyetolog Lauren Manaker Eat This, Not That portalida.

Antioksidant moddalar tufayli ushbu karam jigardan zararli moddalarni chiqarib tashlashni tezlashtirishi, organ faoliyatini normallashtirishi va undagi yallig‘lanish jarayonlarini sekinlashtirishi mumkin.

«Brokkoli diindolilmetan va glyukorafanin kabi tabiiy birikmalar bilan jigar holatini yaxshilaydi. Bu moddalar saratonga qarshi xususiyatlar bilan bog‘liq va tabiiy detoksifikatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi», — dedi Manaker.

Shunga o‘xshash antioksidant moddalar boshqa karam turlari - gulkaram va oq karamda ham mavjud. Diyetolog ularni yangi holatida iste’mol qilishni tavsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Jigar uchun foydali bo‘lgan sabzavot nomi ma’lum qilindi