Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan
To‘satdan charchash, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, nafaqat jismoniy mashqlardan so‘ng, balki ovqatlanish natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, organizmni energiyadan mahrum qiladigan bir nechta mahsulotlar mavjud. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri ularning nomini ma’lum qildi.
Ro‘yxatning birinchi qatoridan qahva o‘rin olgan, u aslida organizmni tetiklantirish uchun mo‘ljallangan. Biroq ushbu ichimlikni ortiqcha iste’mol qilish teskari ta’sir ko‘rsatadi. Parhezshunoslar kuniga qahvani 1-2 stakandan oshirmaslikni tavsiya qiladi.
Antireytingga fastfudlar ham kiradi. Gamburger va xot-doglarning yuqori kaloriyali tarkibi hazm qilish uchun juda ko‘p vaqt talab qiladi, bu esa organizmning tezda energiya yo‘qotishiga va to‘satdan charchashiga olib keladi.
Qisqa muddatli tetiklik shakarga boy mahsulotlar bilan ta’minlanishi mumkin. Bu gazli ichimlik, tort va boshqa qandolat mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Biroq oradan bir soat o‘tgach, odam uyquga intilishi va hatto holsizlikni his qilishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar qora shokoladga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi.
Aytgancha, haddan tashqari yuqoridagi mahsulotlardan tiyilish, uglevod va yog‘lardan butunlay voz kechish shart emas, aks holda yana energiya tanqisligi yuzaga keladi. Har qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda me’yor unutilmasa, ular organizmdagi barcha tizimga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...