Foto: «Noviy ochag»
Agar tishlaringiz qorayib, sarg‘aya boshlaganini payqagan bo‘lsangiz, avval bu holatga nima ta’sir qilayotganini aniqlash kerak. «Noviy ochag» nashri emal rangini qanday aniqlash mumkinligini, bu vaziyatda qanday yechim tutish kerakligini ma’lum qildi.
Tish rangiga ta’sir qiluvchi omillar
- Irsiyat. Umuman olganda, biroz sarg‘ish tishlar patologiya bo‘lmasa, bakteriyalarga juda chidamli bo‘ladi. Bu hatto tishlar uchun ham foydali.
- Emalni yupqalash. Bunday holatda, tishlar dentin emal orqali yorqin ko‘rina boshlaganligi sabab sarg‘ayadi. Buning oldini olish qiyin, biroq yomon odatlardan voz kechsangiz, jarayonni sekinlashtirishingiz mumkin.
- Mexanik shikastlanish. Jarohatlar, bruksizm (uyquda tishlarni g‘ijirlatish), juda qattiq ovqat ham tishlarning sarg‘ayishiga sabab bo‘ladi.
- Kimyoviy ta’sirlar. Ichimlik suvida ftoridning ko‘p bo‘lishi, antibiotiklarni qabul qilish (masalan, tetratsiklin) tishlarni sarg‘aytirishi mumkin.
- Zararli odatlar. Bu holatda emal rangining o‘zgarishi emalning shikastlanishi va undagi pigmentli moddalarning cho‘kishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, chekish paytida og‘izda harorat farqlari paydo bo‘ladi, bu esa emalda mikro yoriqlar hosil bo‘lishiga olib keladi, ular asta-sekin smola tutuni va tutundan cho‘kadigan boshqa moddalar bilan tiqilib qoladi. Issiq choy va qahva xuddi shunday xususiyatga ega. Sun’iy ranglardan tayyorlangan gazli ichimliklar va qizil sharobni doimiy iste’mol qilish, tishlardagi emalni korroziyaga olib keladigan kislotalarning tarkibi tufayli shu holat kuzatiladi.
Tish sarg‘ayishini qanday oldini olish mumkin?
Tish chirklari bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun yomon odatlardan voz kechishingiz, kalsiyga boy ovqatlar iste’mol qilishingiz, ichimlik suvining tarkibi va sifatini nazorat qilishingiz, kamida olti oyda bir marta tish shifokorining oldiga borishingiz, tish cho‘tkasini to‘g‘ri tanlashingiz va gazli ichimliklarni iste’mol qilishni kamaytirishingiz kerak.
Foto: «Noviy ochag»
Tishlarni sarg‘aytiruvchi mahsulotlar
- Qizil vino. Oz miqdori ham tish milki uchun ham foydali, chunki u yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega;
- Kofe;
- Pomidor sousi;
- Choy;
- Gazlangan ichimliklar va energetik ichimliklar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?