10:40 / 15.09.2023
113

Ortopedlarning oyoqlarni sog‘lom saqlash borasidagi tavsiyalari

Foto: The Voice

Hatto kichik qadoq yoki noto‘g‘ri olingan tirnoq ham uzoq vaqt davomida sizning kayfiyatingiz va xotirjam yurishingizga ta’sir qilishi mumkin. Oyoqlaringiz va to‘piqlaringizni sog‘lom saqlash uchun mushak-skelet tizimi mutaxassislarining kundalik hayotda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalariga rioya qiling.

Ortopedlar har kuni bemorlarning oyoqlariga beparvo munosabati oqibatlariga duch kelishadi. Shifokorlar oyoqlarni sog‘lom saqlash uchun ayrim ishlarni qilmaslikni maslahat beradi.

Mustaqil davolanmang

Har qanday holatda ham mustaqil davolanishga harakat qilmang. Unutmang: faqat shifokor tashxis qo‘yishi va davolanishni buyurishi mumkin.

Asosiy poyabzal sifatida rezinadan qilingan, oyog‘ingiz tiqilib qoladigan shippak kiymang

Bu poyabzal o‘zgacha ko‘rinishi va har qanday ob-havo sharoitiga tayyor bo‘lishning ajoyib usuli kabi ko‘rinishi mumkin, biroq ortopediya bo‘yicha mutaxassis doktor Eboni Vinsent rezina poyabzal faqat tomorqada yoki plyajda kiyish uchun mos ekanligi haqida ogohlantiradi. Unda uzoq vaqt yurish oyoqlar bilan bog‘liq muammolarga olib keladi va hatto bosh og‘rig‘i va bel og‘rig‘iga olib kelishi mumkin. Buning sababi shundaki, so‘nggi uslubdagi rezina oyoq kiyimlar va ular ishlab chiqarilgan material uzoq vaqt kiyishga mo‘ljallanmagan.

Foto: “Yandeks.ru” 

Doimiy ravishda poshnali poyabzal kiymang

Maxsus holatlarda chiroyli va baland poshnali poyabzal kiyish mutlaqo normal, ammo moderatsiya juda muhim. Doimiy ravishda, uzoq vaqt davomida poshnali poyabzal kiyish oyoqlarning qiyshayishiga, shish paydo bo‘lishiga, oyoq barmoqlarining deformatsiyasiga va oyoqdagi biriktiruvchi to‘qima vazifasini bajaruvchi plantar fastsiyasining yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

Foto: “Yandeks.ru” 

Agar oyog‘ingizda takroriy og‘riqlar paydo bo‘lsa, vena kasalliklari bo‘yicha mutaxassis, ortoped Jeyson Gold 80 foiz hollarda oyoqlarga zarar yetkazmaydigan poyabzal kiyishni va yupqa poshnali tuflilarni emas, balki platformani tanlashni tavsiya qiladi.

Paxtali paypoqlarni kiymang

Tabiiy matolar yaxshi, biroq paypoq haqida gap ketganda, sintetik materiallar qo‘shilgan yoki butunlay ulardan tayyorlanganlarini tanlashingiz kerak. Paxta mato namlikni yomonroq o‘tkazadi va qadoqlarni keltirib chiqarishi yoki oyoq, tirnoqdagi zamburug‘larni qo‘zg‘atishi mumkin.

Yugurish uchun mo‘ljallanmagan poyabzalda yugurmang

Kundalik tartibingizga ko‘proq harakat qo‘shish orqali sog‘lig‘ingizni yaxshilash istagi oyoqlaringiz va tizzalaringizga zarar yetkazishi mumkin. Har xil sport turlari uchun mo‘ljallangan poyabzallarni almashtirib kiyish mumkin emas, masalan, tennis poyabzalida yugurmang yoki kortga yugurish poyabzali bilan bormang.

Foto: “Yandeks.ru” 

Ortoped Jey Spektor yugurish poyabzalingizni har olti-sakkiz oyda bir marta almashtirishni tavsiya qiladi va agar oyoqlaringiz, sonlaringiz yoki belingizda og‘riq sezsangiz, oyoq kiyimlarni yangisi bilan almashtirishni unutmang.

Bundan tashqari, tagi tekis bo‘lgan poyabzallarni tanlamasligingiz kerak (unda tovon kotarilmaydi, barmoqlar bilan bir xil darajada bo‘ladi).

Sport zaliga yoki mehmonxonaga yalangoyoq bormang

Nam xonalarda zamburug‘ paydo bo‘lishi, to‘piq yallig‘lanishi yuzaga kelishi, yoki virusni yuqtirish ehtimoli yuqori. Ular katta o‘lchamgacha yetib borishi va yurishga xalaqit berishi mumkin, bu kabi oyoq kasalliklarini davolash juda qiyin.

Foto: “Yandeks.ru” 

Har doim poyabzal bog‘ichlarini bog‘lab yuring

Bu ishni bolalaringizga o‘rgating. Bog‘lanmagan holda qoldirilgan to‘rli poyabzallar haqiqatan ham xavfli hisoblanadi. Oyoqning qo‘llab-quvvatlovchi funksiyasi pasayadi va oyoq bilagining shikastlanish ehtimoli ortadi. Bu oyoq tovoni kichik hajmga ega bo‘lgan insonlar uchun juda muhim hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ortopedlarning oyoqlarni sog‘lom saqlash borasidagi tavsiyalari