11:36 / 14.12.2023
145

Chekish miya hajmini kichraytiradi

Chekish miya hajmini kichraytiradi

AQSHning Vashington universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, chekish miya hajmining kichrayishiga olib kelishi mumkin. Natijalar Biological Psychiatry  jurnalida chop etildi.

Tadqiqot inson biologik namunalarining eng katta zahirasi saqlanadigan Britaniya Biobankidan olingan 40 mingdan ortiq odam ma’lumotlariga tayanib o‘tkazildi. Mutaxassislar 32 094 nafar insondagi miya hajmi, chekish tarixi va ushbu yomon odatga moyilligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, chekish miya hajmining kichrayishiga hissa qo‘shishi mumkin. Bundan tashqari, bu ta’sirning jiddiyligi dozaga bog‘liq – odam kuniga qancha ko‘p sigaret cheksa, miya shunchalik qisqaradi. Tadqiqot mualliflarining aniqlashicha, miya hajmining pasayishi biologik qarish belgisi va xotira yomonlashuvining rivojlanishi demak.

Olimlar, shuningdek, bunday o‘zgarishlar tiklanmasligini ta’kidlamoqdalar. Ya’ni sobiq chekuvchilarning miya hajmi chekmaydiganlarnikiga to‘g‘ri kelmadi, hatto sigaretani  tashlaganiga ancha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Chekish miya hajmini kichraytiradi