Foto: “Noviy ochag”
Insult kasalligi so‘nggi yillarda “yosharib” bormoqda. Insult bo‘lgan insonning atrofidagilari kasallikning dastlabki belgilarini bilishi va ularni aniqlab, eng qisqa vaqt ichida bemorni kasalxonaga olib borishi – uning sog‘ayishida va hattoki hayotini saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi.
Dastlabki belgilar:
Nutqning buzilishi. Insultga chalingan odamning nutqi o‘zgaradi. “Mast odam nutqi” deb ataladigan simptom paydo bo‘ladi. Bunda til hatto eng oddiy so‘zlarni ham noto‘g‘ri talaffuz qiladi.
Koordinatsiyaning yo‘qolishi. Ko‘pincha chayqalib yurish kuzatilishi mumkin. Odam bir tomonga og‘ib, oyog‘ini sudrab yura boshlaydi. Ba’zan tananing bir tomonida faoliyat yo‘qoladi. Agar bemordan qo‘llarini ko‘tarish so‘ralsa, u buni qila olmaydi yoki ularni qiyinchilik bilan ko‘taradi.
Mimika o‘zgarishi. Yuz asimmetriyasi paydo bo‘lishi mumkin, insult bo‘lgan odam tabassum qilganda og‘zining bir burchagi o‘zgarmaydi yoki pastga tushgan holatda bo‘ladi.
Ongning o‘zgarishi. Insult bo‘lgan odam noto‘g‘ri va g‘alati narsalarni gapirishi mumkin. Ayrim hollarda hushini yo‘qotadi.
Insult belgilari sezilgan zahoti shoshilinch tez yordamni chaqirish kerak. Shifokorlar kelguncha derazalar ochilib, kiyim yoqasi bo‘shatilishi lozim. Shuningdek, maksimal kislorod oqimini ta’minlash muhim. Ammo kasalxonaga olib borish tavsiya etilmaydi. Chunki bu maxsus brigada tomonidan amalga oshirilishi kerak. Insultni uy sharoitida davolamaslik kerak. Bu o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan kasallik emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy: «Putin juda sezgir...»
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?