Foto: iStock
Milklar ham tishlar kabi doimiy parvarishga muhtojdir. Ba’zan milklarda og‘riq tish og‘rig‘i bilan adashtirib yuboriladi. Milklarga e’tibor berilmasa, tish atrofidagi to‘qimalarda yallig‘lanish jarayoni yuzaga kelishi mumkin.
Salomatlik va tibbiyotga oid “Doktor” ilmiy-ma’rifiy telekanali milklar salomatligini saqlashga yordam beradigan qoidalarni sanab o‘tdi.
1. Tishlarni kuniga 2 mahal tozalash: kariyesning kelib chiqishi sababi faqatgina shokolad yoki konfet emas, tish orasida qolib ketadigan ovqat qoldiqlari bilan bog‘liq. Taomdan so‘ng tish va og‘iz bo‘shlig‘ini qoldiq va bakteriyalardan tozalaymiz va milklarda yallig‘lanish jarayoniga olib kelishi mumkin bo‘lgan patogen muhitni bartaraf etamiz.
2. Tish cho‘tkasi: yumshoq yoki o‘rtacha qattiqlikdagi tish cho‘tkalari emal va milklarga mexanik shikast yetkazmaslikka yordam beradi. Cho‘tkani kamida har 3 oyda almashtirish zarur.
3. To‘g‘ri tanlangan tish pastasi: tarkibida xlorgeksidin, turli davolovchi o‘simliklar (moychechak, eman po‘stlog‘i, shalfey) ekstrakti va allantoin bo‘lgan pastalar milklar uchun juda foydalidir.
4. Faqat stomatolog ko‘rigida oqartirish: tishlarni uy sharoitida xalqona davolash usullari orqali oqartirish yoki maxsus oqartiruvchi tasmalardan foydalanish tish emaliga zarar yetkazishi hamda milklarni shikastlashi mumkin. Bunday vazifani o‘z ishining professionali — stomatologga topshiring.
5. Bir dona qattiq olma tishlanganda va chaynalganda ko‘proq so‘lak — tish va milk uchun tabiiy tozalash vositasi ajralib chiqadi. Shuningdek, u xavfli bakteriyalar birikmasini yuvadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi