15:45 / 24.03.2017
14 171

Nima uchun ba’zilar doim sovqotib yuradi?

Nima uchun ba’zilar doim sovqotib yuradi?
Agar siz 10 darajali sovuqda yoki qishda isitilmaydigan uyda sovqotsangiz – bu kasallik emas. Lekin, quyoshli bahor kunlarida ham sovqotish sog‘liq bilan bog‘liq muammo borligidan darak beradi.

Sizning vazningiz etarli emas

Birinchidan, tana og‘irligining kamligi bizni isitib turuvchi yog‘ zaxirasi kamligini bildiradi. Ikkinchidan, tana og‘irligining kamligi kaloriyaning etarlicha sarflanmasligi belgisidir. Bu metabolizmni sekinlashtiradi, natijada tana o‘zini isitish uchun kam energiya sarf qila boshlaydi.

Qalqonsimon bezdagi muammo

Doimiy ravishda sovuqni his qilish — hol-ahvol bilan bog‘liq ko‘plab muammolardan biri qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi hisoblanadi. Gormonlar darajasining etarlicha bo‘lmasligi natijasida metabolizm sekinlashadi va tana o‘zini isitishga energiyani tejay boshlaydi.

Temir moddasining etishmasligi

Temirning kam bo‘lishi — doimiy ravishda sovuqni sezishning eng keng tarqalgan sabablaridan biri. Temir — qonning qizil tanachalari tomonidan tana bo‘ylab kislorod etkazishda muhim modda hisoblanadi. Temir etishmasligi natijasida qonning bu hujayralari o‘z vazifasini yaxshi bajara olmaydi, siz esa sovuqdan qaltiray boshlaysiz.

Qon aylanishining yaxshi emasligi

Agar kaftingiz va tovoningiz doim muzdek bo‘lsa, lekin tananing boshqa qismlari o‘zini yaxshi his qilsa, bu sizda qon aylanish yaxshi emasligini bildiradi. Buning sababi yurak-tomir tizimi faoliyatining buzilishidan bo‘lishi ham mumkin.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nima uchun ba’zilar doim sovqotib yuradi?